MyGov: Davlat xizmatlari

4,9
389 ming ta sharh
Hukumat
5 mln+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.
Oxirgi yangilanish
10-yan, 2026

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil

Reytinglar va sharhlar

4,9
388 ming ta sharh
Nodira Xasanova
15-yanvar, 2026
Nodira Xasanova ман нечмарта болалар пулига ариза топшрдим, рад етилябди, норозиман, хакикат кани, мендака кийланганга бермаса кимга беради давлат пулни.
5 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
You tube Ucell
15-yanvar, 2026
moddiy yordam yoki bolalar nafasi olish uchun bu ilova 90% ijobiy natija bermaydi ekan buni oʻzim 2 3 yil sinovda oʻtdi. baribir Mahalla raisiga moddiy ragʻbat ( pora) berish orqali ishiz osongina botadi ekan.
3 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
UZINFOCOM
15-yanvar, 2026
Assalomu alaykum Hurmatli foydalanuvchi! Xizmatlardan foydalanayotganingizda muammolarga duch kelsаngiz biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Aloqa-markaz: 1242 , Telegram-bot: @MyGovRasmiyBot
Moxira Abdulxoshimova
20-yanvar, 2026
3kun kam 1oy boldi ariza qoldirganimga haliyam korib chiqilmadi ozi arzimagan 275ming berilsa shuniyam endi nega avval 1yilda uzilib qayta ariza dokument topshrish bolardi hozir 6oy bop qopti tushunarsiz 3oydayam toxtatib qoyishyapti
Buni foydasi tegdimi?
UZINFOCOM
20-yanvar, 2026
Assalomu alaykum Hurmatli foydalanuvchi! Xizmatlardan foydalanayotganingizda muammolarga duch kelsаngiz biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Aloqa-markaz: 1242 , Telegram-bot: @MyGovRasmiyBot

Nima yangiliklar

Xato va kamchiliklar to'g'rilandi